Ijtimoiy tarmoqda "Qashqadaryoda YPX avtomobili yonib ketdi" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.
Ushbu holat 2020 yilning 18 dekabr kuni Qarshi shahrida sodir bo`lgan. Yong`in bartaraf etilgan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan.
Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy sahifasida ma`lumot berdi.
YHXBB ayrim norasmiy sahifa egalaridan shu kabi holatlarni vaqt va sanasini aniqlashtirmasdan, bugun yoki yaqin kunlarda sodir bo`lgandek o`z sahifalarida asossiz izohlamasliklarini so`raydi.