“Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati xabariga ko`ra, Sergeli va Olmazor tumanlarining gaz tarmoqlarida ta`mirlash ishlari olib borilayotgani sababli ayrim manzilgohlarda gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.
Sergeli tumanida soat 10:00dan 16:00 gacha: - "Daryo bo`yi" MFYda;
Olmazor tumanida soat 11:00dan 16:00gacha - Chimboy MFYda,
- Ziyo MFYda.
Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali ta`mirlash ishlari tufayli etkazilayotgan noqulayliklar uchun uzr so`ramoqda.