AsosiyJamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda reklama joylashtirish bo`yicha 573 ta qonunbuzilish holati aniqlangan

'Ijtimoiy tarmoqlarda reklama joylashtirish bo`yicha 573 ta qonunbuzilish holati aniqlangan'ning rasmi

AOKAda Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi mutasaddilari ishtirokida o`tkazilayotgan matbuot anjumanidan:

 «Ushbu qonunbuzilish holatlarining 317 tasi dori-darmon va biologik faol qo`shimchalar, 99 tasi alkogol mahsulotlari, 67 tasi tamaki mahsulotlari, 30 tasi turizm sohasi, 60 tasi boshqa tovarlar reklamasiga to`g`ri keladi. Bundan tashqari, hududiy OAV va tashqi reklama ob`ektlarida qonun talablariga zid ravishda 3874 ta reklama joylashtirilgani aniqlangan.

Kamchiliklar aniqlangan 9749 ta holatni tezkor bartaraf etish choralari ko`rilgan.

 Namuna sifatida olingan 88 nomdagi mahsulotning ekspertiza natijasida 28 ta mahsulot normativ-texnik hujjatlar talablariga mos emasligi aniqlandi va tegishli chora ko`rish uchun vakolatli organlarga («O`zstandart» agentligi va Sanitariya-emidemiologiya xizmati) yuborildi.

Respublika hududlaridagi 1879 ta chakana savdo do`koni va bozorlarda o`tkazilgan kuzatuvlarda 36 ta holatda qalbaki «Rollton» mahsuloti sotilayotgani aniqlangan hamda 698 mln so`mlik sifatsiz mahsulot sotilishiga chek qo`yilgan».

    Boshqa yangiliklar