AsosiyJamiyat

264 ta dorixona dorilarni qimmat narxda sotib, iste`molchilardan ortiqcha 21 mln so`m olgan

'264 ta dorixona dorilarni qimmat narxda sotib, iste`molchilardan ortiqcha 21 mln so`m olgan'ning rasmi

Bu haqda AOKAda Monopoliyaga qarshi kurash qo`mitasi huzuridagi Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi:

«264 ta dorixonada o`tkazilgan tekshirish va o`rganishlarda dori vositalarini qimmat narxda sotilganligi hisobiga iste`molchilardan 21 mln so`mlik mablag`lar ortiqcha olingani aniqlandi.

55 ta holatda ustamalarni oshirish (20 foiz o`rniga 93 foizgacha qo`llanilgani), 23 ta holatda yaroqlilik muddati o`tgan va sifatsiz mahsulot sotish, 84 ta holatda kirim hujjatisiz dori vositalarini sotish, lisenziyasiz faoliyat va boshqa kamchiliklar aniqlangan, lisenziya shartlarini qo`pol ravishda buzgani uchun 56 ta holat bo`yicha hujjatlar lisenziyalovchi organga yuborilgan.

Dori-darmon narxlari ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida telegramda @dorinarx_bot maxsus axborot tizimi ishga tushirildi».

    Boshqa yangiliklar