Andjey Malinovskiy Beeline Uzbekistan kompaniyasining yangi bosh direktori bo`ladi. U bugundan boshlab o`z vazifalarini bajarishga kirishadi. Bu haqda Gazeta.uz VEON xoldingi saytidagi bayonotga tayanib ma`lum qildi.
Avvalroq VEON Artashes Davtyan «Beeline Uzbekistan» ga rahbarlik qilishini ma`lum qilgan edi, ammo xolding uni ishga qabul qilish jarayoni yakuniga etmagani haqida xabar bergan.
Ma`lumot uchun: Andjey Malinovskiy 1968 yil 21 iyunda tug`ilgan, Polsha fuqarosi. U chakana va elektron tijorat kompaniyalarida ishlagan. 2017 yildan beri Beeline Georgia kompaniyasining bosh direktori lavozimini egallab kelgan.