AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istoda mahkum ishlamaslik uchun qamoqxona xodimiga pora berayotganida ushlandi

'Qoraqalpog`istoda mahkum ishlamaslik uchun qamoqxona xodimiga pora berayotganida ushlandi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV 27-sonli koloniyasida oldin jinoyat sodir etib jazo muddatini o`tayotgan mahkum R.Q. Koloniya boshlig`ining o`rinbosari mayor K.Bekmuratovga shartnoma ob`ektlariga ishga jalb qilmaslik evaziga 200.000 so`m pullarni pora tariqasida taklif qilgan. Holat yuzasidan koloniya boshlig`ining o`rinbosari mayor K.Bekmuratov Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV rahbariyatiga bildirgi bilan murojaat qilgan. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur bildirgiga asosan, O`zbekiston Respublikasi IIV O`z xavfsizligi boshqarmasi Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha bo`limi va Qo`ng`irot tumani prokuraturasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tadbir davomida mahkum R.Q. koloniya boshlig`ining o`rinbosari mayor K.Bekmuratovning xizmat xonasida 200.000 so`m pullarni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuraturaning Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi Qo`ng`irot tumani bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar