AsosiyJamiyat

16 martdan boshlab Toshkentdagi bir qancha yo`llar yopiladi. Sababi...

'16 martdan boshlab Toshkentdagi bir qancha yo`llar yopiladi. Sababi...'ning rasmi

Toshkent shahrida yo`l ta`mirlash va obodonlashtirish ishlari tufayli 16 mart kuni soat 8:00 dan bir oy davomida Yunusobod tumanidagi ayrim yo`l qismlari harakatlanish uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma`lum qildi.

Yopiladigan yo`llar:

1) Ahmad Donish ko`chasining ikkilamchi yo`li, Anorzor ko`chasidan Amir Temur shoh ko`chasigacha bo`lgan qismi;

2) Amir Temur shoh ko`chasi yaqinidagi qaytish yo`li;

3) Ahmad Donish ko`chasining ikkilamchi yo`li, Amir Temur shoh ko`chasidan Moyqo`rg`on ko`chasigacha bo`lgan qismi.

    Boshqa yangiliklar