Turkiya Madaniyat va Turizm Vazirligi, Sog`liqni Saqlash Vazirligi, Turizmni targ`ib qilish va rivojlantirish agentligi (TTRA) bilan birgalikda sayyohlik sohasida ishlovchi xodimlar uchun emlash dasturini ishlab chiqqanini e`lon qildi. “Xavfsiz turizm sertifikati dasturi” yaqinlashib kelayotgan sayyohlik mavsumida chet ellik sayyohlarni kutib olish hamda soha vakillari va tub aholining salomatligini ta`minlash uchun ishlab chiqilgan.
“Xavfsiz turizm sertifikati dasturi” 2020 yil iyun oyida hayotga tatbiq qilinganidan boshlab, Turkiya salomatlik va xavfsizlik bo`yicha qat`iy ko`rsatmalarga amal qilib kelmoqda hamda ularning davomiyligini ta`minlash maqsadida barcha choralarni ko`rmoqda. Sayyohlik mavsumi ochilganidan so`ng, Madaniyat va Turizm Vazirligi mamlakatda sayyohlik xizmatlarini yil davomida ochiq bo`lishini ta`minlash maqsadida soha vakillarini emlash dasturiga kiritish ishlarini boshladi. Emlash dasturi Sog`liqni Saqlash va Mehnat Vazirliklari bilan hamkorlikda puxtalik bilan amalga oshiriladi. Ushbu dastur doirasida birinchi navbatda “Xavfsiz turizm sertifikati dasturi”dan ro`yxatdan o`tgan turar-joy inshootlari, restoranlar, yo`l boshlovchilar (gidlar), turizm agentlari emlanadi.
Madaniyat va Turizm Vazirligi va Sog`liqni Saqlash Vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan platformada sayyohlik muassasalari o`z xodimlarini emlash uchun ro`yxatdan o`tkazishlari mumkin. Platforma ushbu dastur doirasidagi turistik sanoatning barcha muhim ishtirokchilarini, shu jumladan, turar-joy inshootlari, ovqatlanish joylari, transport vositalari va yo`l boshlovchi (gid)larni o`z ichiga oladi.Sayyohlik (turistik) muassasalarning rasmiy vakillari ham hozirda ishlab turgan vakillarini ro`yxatdan o`tkazishlari mumkin.
Covid-19 ga qarshi kurashish va dunyoning eng xavfsiz yo`nalishlaridan biri sifatida o`z mavqeyini yanada oshirish bo`yicha davomli sa`y-harakatlar doirasida, Turkiya dunyo bo`yicha sohadagi eng birinchi va eng muvaffaqiyatli misollardan bir bo`lgan “Xavfsiz turizm sertifikati dasturi”ga sarmoya kiritishda davom etmoqda. Mamlakat o`z amaliyot doirasini kengaytirdi hamda 30 va undan ortiq xonali turar-joy inshootlari uchun amaliyot majburiy etib belgilandi. Hozirga qadar 8 000 dan ortiq inshootlar sertifikatlangan.
Mamlakat turizmning V shaklidagi tiklanishini kutayotganligi sababli, turizmning ishchi kuchi ustuvor ahamiyatga ega bo`lmoqda va ularni birinchi navbatda emlash talab etiladi. Turkiya 2021-yil uchun sog`lom va xavfsiz yo`nalish ekanligini isbotlash maqsadida, barcha kerakli choralarni ko`rmoqda va xalqaro sayohatchilar uchun eng yaxshi variant bo`lishga harakat qilmoqda.