Yangihayot tumanida avtomobil yonib ketganligi haqida xabar tarqaldi. Toshkent shahar IIB holat yuzasidan ma`lumotlarni ochiqladi.
11 mart kuni taxminan soat 12.00 da Yangihayot tumanidagi Binokor ko`chasida yog`och qurilish mollari yuklangan “Gazel” rusumli avtomobil yonib ketgan.
Yong`inning taxminiy sababi: texnik nosozlik.
Yong`in oqibatida avtomobil va yukning bir qismi yonib ketgan. Jabrlanganlar yo`q.