AsosiyJamiyat

Koronavirus yana ko`paygani ortidan Toshkentda Jahongir Ortiqxo`jaev boshchiligida maxsus yig`ilish bo`lib o`tdi

'Koronavirus yana ko`paygani ortidan Toshkentda Jahongir Ortiqxo`jaev boshchiligida maxsus yig`ilish bo`lib o`tdi'ning rasmi

O`zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari yana orta boshlashi ortidan 15 mart kuni Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev boshchiligida maxsus yig`ilish bo`lib o`tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.

Bugun, 15 mart kuni poytaxt hokimligida Toshkent shahriga koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishi oldini olish bo`yicha Toshkent shahar shtabi rahbari, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev boshchiligida maxsus yig`ilish bo`lib o`tdi.

 

Toshkent shahar hokimi o`rinbosarlari, shahar sektor rahbarlari, tuman hokimlari va boshqarmalar rahbarlaridan iborat shtab a`zolari ham qatnashgan yig`ilishda so`nggi kunlarda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari ortayotgani yuzasidan Toshkent shahar Sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi hamda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining axboroti tinglangan.

Shuningdek, mavjud vaziyatni nazoratga olish, shaharning barcha tumanlari, mahallalari, ish joylari va ta`lim maskanlari, shuningdek, aholi ko`p to`planadigan bozorlar va savdo markazlari, jamoat transportlarida amaldagi karantin tartib-qoidalariga to`liq rioya qilinishini ta`minlash muhimligi alohida ta`kidlab o`tilgan.

    Boshqa yangiliklar