AsosiyJamiyat

“Sheremetevo-Samarqand-Sheremetevo” yo`nalishidagi reys mojarosi bo`yicha rasmiy munosabat bildirildi

'“Sheremetevo-Samarqand-Sheremetevo” yo`nalishidagi reys mojarosi bo`yicha rasmiy munosabat bildirildi'ning rasmi

2021 yil 12 mart kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali “ Samarqandda. 1200 AQSh dollariga bilet olib ucholmadik” sarlavha ostida tarqalgan videolavha Samarqand xalqaro aeroportining vaqtinchalik aerovokzalida suratga olingan bo`lib, unda bir qancha fuqarolarning parvozga qo`yilmaganligi haqida so`z boradi. “Uzbekistan Airports” AJ Axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Mazkur holat yuzasidan shuni ta`kidlash mumkin: birinchidan, “Uzbekistan Airports” AJ tasarrufidagi 11 ta xalqaro aeroportning birortasiga bilet sotish vakolati berilmagan. Ikkinchidan, pandemiya sharoitida tashkil qilinayotgan charter parvozlari uchun ham biletlarni xorijiy davlatlarning (qaysi davlat reysi ekaniga qarab) aviakompaniyalari orqali sotiladi. Va aviakompaniya vakillari ishtirokida ro`yxatdagi shuningdek hujjatlari talab darajasida taqdim etilgan yo`lovchilargina parvoz qila oladi.

Aniqlanishicha, 12 mart kungi “Sheremetevo-Samarqand-Sheremetevo” yo`nalishiga (131 yo`lovchidan) 29 nafar yo`lovchining parvoz qilishiga ruxsat berilmaganiga asosiy sabab, Aeroflot aviakompaniyasi tomonidan talab qilingan hujjatlarning to`liq taqdim etilmaganligi, soxta hujjatlarning havola qilinganligidir.

Eslatma o`rnida, O`zbekiston Respublikasi fuqarosining Rossiya Federasiyasiga parvoz qilishi uchun talab qilinadigan barcha hujjatlar “Aeroflot” aviakompaniyasi vakillari tomonidan tekshirilib, belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkaziladi.

Bu jarayonda aeroport xodimlarining mutlaqo ishtirok etmasligini, ularning aviachiptalar savdosi, narxiga va charter reyslarni tashkil qilishga mutlaqo daxli yo`qligini ma`lum qilamiz.

O`zbekiston aeroportlari yo`lovchilarning uchib kelishi va uchib ketishi vaqtida o`z xizmatlarini ko`rsatadi, deyiladi rasmiy munosabatda.

 

 

    Boshqa yangiliklar