AsosiyJamiyat

Avtomobillarga gaz to`ldirish shaxobchalari va xizmat ko`rsatish markazlari savdoga chiqariladi

'Avtomobillarga gaz to`ldirish shaxobchalari va xizmat ko`rsatish markazlari savdoga chiqariladi'ning rasmi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi O`zbekiston Respublikasi Prezidentning “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to`g`risida”gi PF-6167-son Farmoni ijrosi doirasida “Avtogazta`minot” MChJning davlat mulki sifatida sotiladigan avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchalari, servislar va boshqa jami 20 ta ko`chmas mulk ob`ektini “E-Ijro Auksion” elektron savdo maydonchasiga chiqarmoqda.

Tadbirkorlar uchun tayyor biznes shaklida taklif etilayotgan avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalarining 8 tasida siqilgan tabiiy gazni sotish faoliyatini amalga oshirish bo`yicha lisenziya mavjud.  

Agar xaridor lisenziya talablariga javob bersa, ushbu hujjat belgilangan tartibda uning nomiga rasmiylashtiriladi.

Bugunga qadar, faoliyatini olib borayotgan Farg`ona viloyati, Rishton tumanidagi avtotransport vositalariga siqilgan gaz quyish shoxobcha 3,6 mlrd. so`m va Qorakalpog`iston Respublikasi, Nukus shahridagi Avtotransport vositalariga siqilgan gaz balonlarini o`rnatish servis markazi 4,2 mlrd.so`m boshlang`ich narx bilan savdoga chiqarilishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar