AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Ai-80 benzini narxi tushdi

'O`zbekistonda Ai-80 benzini narxi tushdi'ning rasmi

O`zbekiston tovar-xom ashyo birjasi savdolariga 24 914 tonna Ai-80 markali avtomobil benzini qo`yilgan va ulardan 12 471,03 tonnasi, ya`ni 50,0 foizi sotilgan. O`tkazilgan savdolarda har kuni o`rtacha 38 xaridor ishtirok etdi, deb  «Xalq so`zi» xabar bermoqda.

Ko`rib chiqilayotgan davrda Ai-80 markali avtomobil benzinining o`rtacha kunlik narxi bir tonnasi uchun 6 246,3 ming so`mdan 6 159,6 ming so`mgacha yoki 1,4 foizga pasaygan.

«Ko`rib chiqilayotgan davrda Ai-80 rusumli avtomobil benzinning o`rtacha haftalik kotirovkasi 6 234,5 ming so`mni, Ai-91 esa 7 917,0 ming so`mni tashkil etdi», — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar