Toshkent shahar hokimligi va uning tizimidagi barcha boshqarma va tashkilotlar, tuman hokimliklarida yig`ilish va majlislar tashkil etish hamda o`tkazish vaqtinchalik taqiqlandi. Bu haqda SSV matbuot kotibi xabar berdi.
Uning ma`lumot berishicha, bu haqda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi yangi shtammlari keng tarqalishini oldini olish bo`yicha Toshkent shahar shtabining yig`ilishida ma`lum qilingan.
Zarur hollarda yig`ilishlar onlayn tizimda o`tkazilishi ta`kidlangan.
Shuningdek, oliy ta`lim muassasalari va ularning yotoqxonalarida karantin va sanitariya-gigiena talablariga qat`iy rioya etilishini ta`minlash bo`yicha ko`rsatmalar berildi.






