AsosiyJamiyat

Xalq ta`limi vazirligi 16 yoshga to`lgan maktab bitiruvchilaridan pasport olishni kechiktirmaslikni so`radi

'Xalq ta`limi vazirligi 16 yoshga to`lgan maktab bitiruvchilaridan pasport olishni kechiktirmaslikni so`radi'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirligi 16 yoshga to`lgan maktab bitiruvchilaridan pasport olishni kechiktirmaslikni so`radi.

Xabaringiz bor, o`tgan o`quv yilida barchaga qulay bo`lishi uchun oliy ta`lim muassasalariga abiturientlarning hujjatlari Davlat test markazining abitur.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilindi. Abiturientlar endi avvalgidek oliy ta`lim muassasalariga ovora bo`lib borishlari, uzundan-uzoq navbatga turishlariga xojat qolmadi.  

Onlayn hujjat topshirish uchun bitiruvchilarning pasport ma`lumotlari  (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami -JShShIR) kiritish talab etiladi. Shu bois, 16 yoshga to`lgan bitiruvchilar o`z vaqtida pasport (ID karta)  olishlari zarur.    

Bu jarayonda Xalq ta`limi vazirligi DTM bilan o`zaro hamkorlikni yo`lga qo`yib, OTMga hujjat topshirish uchun bitiruvchilarga yanada qo`laylik yaratish maqsadida attestat.uzedu.uz elektron bazasi DTM abitur.dtm.uz sayti bilan integrasiya qilingan.

Ma`lumot uchun, joriy o`quv yilida maktablarni 437 mingdan ortiq o`quvchilar bitiradi. Bugungi kunda bitiruvchilarning elektron ma`lumotlar bazasi attestat.uzedu.uz saytida 16 yoshga to`lgan 153 mingdan ortiq bitiruvchilar (35%) pasport olmagan.

Hurmatli ota-onalar, aziz bitiruvchi yoshlar!

Fuqarolik huquqidan foydalangan holda 16 yoshga to`lgan maktab bitiruvchilarining o`z vaqtida pasport olishini ta`minlashingiz so`raladi.

    Boshqa yangiliklar