11 mart kuni tuman IIB TEQKB xamda JQB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, "Gulobod" mahallasi hududida yashovchi Yu.Sh.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, xonadoni yotoqxonasidagi ko`rpachalar orasida ko`k rangli sellofan paketga o`ralgan “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi ko`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvand moddalarni iste`mol qilish sog`lig`ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.
Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.






