AsosiyJamiyat

Bugundan O`zbekistonda ob-havo o`zgaradi

'Bugundan O`zbekistonda ob-havo o`zgaradi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni antisiklon periferiyasi O`zbekiston hududidan sekin ortga chekinadi, kunduz kuni havo asta-sekin isiydi. Hududlarning ko`p qismida yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 9-14° iliqni tashkil etadi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Kunning o`rtasiga kelib, havo harorati 9-11° iliqgacha ko`tariladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar