AsosiyJamiyat

Bugundan jamoat transportida niqobsiz yurish mumkin emas

'Bugundan jamoat transportida niqobsiz yurish mumkin emas'ning rasmi

Kecha Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida o`tgan videoselektor yig`ilishida berilgan topshiriqqa ko`ra, avtomobil transportida yo`lovchi tashishda sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilinishini e`tiborga olish lozimligi belgilandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Shundan kelib chiqib, joriy yilning 17 mart kunidan jamoat transporti (avtobus, mikroavtobus, yo`nalishsiz taksi) xizmatidan foydalanganda, haydovchi va yo`lovchilar albatta tibbiy niqobda bo`lishi kerakligini ma`lum qilamiz. Yo`lovchilarning jamoat transportiga niqobsiz chiqishi qat`iyan taqiqlanadi.

Qolaversa, tartibga ko`ra, yo`lovchi tashuvchi transport vositalari har 4 soatda dezinfeksiya qilinishi boshqarma tomonidan nazoratga olinadi.

Ushbu tartib viloyat bo`yicha amal qiladi.

    Boshqa yangiliklar