Termiz hamda Qarshi davlat universitetlarining Pedagogika institutlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarorlari qabul qilindi
Qaror bilan Termiz hamda Qarshi davlat universitetlari Pedagogika institutlarining asosiy vazifalari belgilandi.
Mazkur Institutlarda o`quv jarayoni 2021/2022 o`quv yilidan boshlanadi.
2021/2022 o`quv yilidan boshlab Termiz hamda Qarshi davlat universitetlarida pedagogika ta`lim sohasining bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo`yicha qabul to`xtatiladi.
O`quvchilarni pedagogik kasbga yo`naltirish maqsadida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari etakchi ta`lim muassasalarining 10 tasida quyidagilar tashkil etiladi:
● 3–4-sinf o`quvchilari uchun “O`qish va matematik savodxonlik bo`yicha sinflar”;
● 8–9-sinf o`quvchilari uchun “Matematik va tabiiy fanlar savodxonligi bo`yicha sinflar”;
● 10–11-sinf o`quvchilari uchun “Pedagogik sinflar”.






