2021 yil 17 mart kuni poytaxtning yashnobod va sergeli tumanlarining ayrim hududlarida ta`mirlash ishlari tufayli gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.
YaShNOBOD tumani:
- soat 10:00 - 18:00 vaqt oralig`ida "Tabibiy" 3 va 4-tor ko`chasidagi jami - 40 ta erli aholi xonadonlari;
SERGELI tumani:
- soat 10:00 - 16:00 vaqt oralig`ida "Daryo bo`yi" MFYdagi 10 ta ko`p qavatli uylarning - 532 ta aholi va - 596 ta erli xonadonlari hamda 115 ta ulgurji iste`molchilari tabiiy gaz ta`minotidan vaqtincha to`xtatiladi.
"Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi. “Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali ta`mirlash ishlari tufayli etkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz iste`molchilaridan uzr so`raydi" deyiladi xabarda.






