Qashqadaryo viloyati hokimi ana shunday quvonchli xabar bilan bo`lishdi.
"Ammo, ehtiyotkorlik va tartib-intizom kelgusida har birimizni salomatligimiz mustahkamligiga xizmat qiladi. Shunday ekan, jamoat joylari va transport vositalarida tibbiy niqobsiz yurish qonunchilikka asosan jarimaga tortishga sabab bo`ladi.
Viloyatimizdagi ijobiy holatni saqlab qolish maqsadida har birimiz ko`chaga otlanganda niqobda bo`lishimiz va karantin qoidalariga amal qilishimiz talab etiladi" deydi hokim.






