Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo`mitasining a`zosi O`rinboev Avaz Rustamovich Farg`ona viloyati hokimining birinchi o`rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati xabar qildi.
Keltirilishicha, Avaz O`rinboev 1978 yilda Oltiariq tumanida tug`ilgan. Farg`ona politexnika institutini hamda O`zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
1996 yilda “O`ztadbirkorbank” Oltiariq tuman bo`limida o`z mehnat faoliyatini boshlagan. 1999 yildan 2005 yilgacha “Asaka” Bank Oltiariq tuman bo`limida, 2005-2011 yillarda Markaziy Bank Farg`ona viloyat bosh boshqarmasida faoliyat olib borgan. 2011-2012 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Qo`qon filialini, 2012-2015 yillarda Farg`ona viloyati bo`limini boshqargan.
2015 -2020 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati – Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo`mitasi a`zosi.
2020 yilda 107-Rishton saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.






