AsosiyJamiyat

ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bo`yicha nima uchun SSV emas aynan Innovasion rivojlanish vazirligi shug`ullanmoqda?

'ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bo`yicha nima uchun SSV emas aynan Innovasion rivojlanish vazirligi shug`ullanmoqda?'ning rasmi

Mazkur savolga Innovasion rivojlanish vazirligi, ta`lim va sog`liqni saqlashga innovasiyalarni joriy qilish hamda tadqiq etish boshqarmasi boshlig`i tibbiyot fanlari doktori, dosent Xudanov Baxtinur javob berdi:

—  Koronavirusga qarshi emlanish jarayoni Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg`or texnologiyalar markazi hamda Sog`liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti va Xitoyning Anhui Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasi tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda. Bundan ko`rinib turibdiki, Sog`liqni saqlash vazirligining ham bu borada xizmati cheksiz. Aynan Xitoyning Zhifei Longcom kompaniyasi bilan hamkorlikda vaksina bo`yicha ishlash masalasida ilk tashabbus Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan ko`tarilgani bois asosiy zimmani o`z bo`ynimizga oldik. Shuningdek, Innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov:  "Klinik sinovlar bu — ilmiy tadqiqot. Biz keyinchalik O`zbekistonda vaksina ishlab chiqarishni maqsad qilgan ekanmiz, bu jarayonlarni puxta o`rganib olishimiz shart", deb ta`kidlaganlar. Bundan ko`rinib turibdiki, vazirlik nafaqat emlash ishlari, balki ilmiy tadqiqot olib borish masalasida ham faoliyat olib bormoqda.  

Shuningdek, Ilg`or texnologiyalar markazida biotexnologiya, biofizika va boshqa bir qancha tibbiyotning fundamental yo`nalishlarida ilmiy izlanishlar olib boriladi. Demak sog`liqni saqlash yo`nalishlarida nafaqat Sog`liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi tashkilotlar, balki Innovasion rivojlanish vazirligi , Fanlar akademiyasi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirliklari va uning huzuridagi tashkilotlar ham ilmiy izlanishlar olib borishadi.  

Shu sababli  keng jamoatchilikka vaksina haqida ma`lumot berish, ommaga tushuntirish ishlarini olib borish va tadqiqot o`tkazish ishlari bilan keng ravishda shug`ullanmoqdamiz, - deya izoh berdi mutaxassis.

    Boshqa yangiliklar