AsosiyJamiyat

Jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurganlar jarimaga tortiladimi?

'Jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurganlar jarimaga tortiladimi?'ning rasmi

Jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurish jarimaga tortishga sabab bo`ladi, qonunchilikda belgilangan javobgarlik bekor bo`lgani yo`q/ Bu haqda AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O`rinboeva ishtirokida o`tkazilgan brifingda ma`lum qilindi.

«Ma`muriy javobgarik to`g`risidagi kodeksining 54-moddasida epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari belgilangan.

Ushbu moddaga ko`ra, Karantinli va inson uchun xavfli bo`lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo`lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo`lish — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha (1 mln 225 ming so`m) miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi».

    Boshqa yangiliklar