12-17 mart kunlari o`tkazilgan VI Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida o`zbekistonlik o`quvchilar 4 ta kumush va bitta bronza medalni qo`lga kiritdi.
Joriy yilda Olimpiada epidemiologik vaziyatni inobatga olib ham masofaviy ham oflayn tarzda o`tkazildi (https://t.me/uzedu/12174).
Xalqaro olimpiadada turli davlatlardan jami 100 dan ortiq jamoalar ishtirok etdi.
G`olib bo`lgan o`quvchilar bilan tanishing:
Olimjon Olimov — kumush medal (Buxoro viloyati, Qorako`l xalqaro matematika maktabining 11 sinf o`quvchisi);
Muhammadrizo Madjidov — kumush medal (Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10 sinf o`quvchisi);
Jaloliddin Xolmatov — kumush medal (Xalq ta`limi vazirligi tasarrufidagi AFIDUM 9-sinf o`quvchisi);
Diyorbek Tolibov — kumush medal (Buxoro viloyati, G`ijduvon tumani 5 son ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabining 11-sinf o`quvchisi);
Doniyor Ismoilov — bronza medal (Buxoro viloyati, Qorako`l xalqaro matematika maktabining 11 sinf o`quvchisi);
Nodira Sa`dullaeva — fahriy yorliq (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o`quvchisi);
Terma jamoa rahbari Xalq ta`limi vazirligi Fan olimpiadalari bo`yicha iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash departamenti bosh mutaxassisi — Sardor Bozorboev.






