Joriy yilning 6 mart kuni fuqaro I.A. Qo`qon shahar IIO FMB YHXB inspektori D.A.ga murojaat qilib, o`zining boshqaruvidagi "VAZ - 2107" rusumli avtomashinasini mast holatda boshqarganligi uchun rasmiylashtirilgan ma`muriy bayonnomani sudga yubormaslik va o`zining foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 2.000.000 so`m pullarni pora tariqasida taklif qilgan. Bu haqda IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan, O`zbekiston Respublikasi IIV O`XB Farg`ona viloyati bo`yicha bo`limi hamda IJQKD Qo`qon shahar bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro I.A. Qo`qon shahar IIO FMB YHXB inspektori D.A.ga Qo`qon shahar IIO FMB YHXB ma`muriy binosida kelishilgan pullardan 1.000.000 so`m miqdoridagi pulni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, ushbu pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida rasmiylashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda prosessual hujjatlar rasmiylashtirilib, Qo`qon shahar prokuraturasiga yuborildi.






