AsosiyJamiyat

Koronavirusning yangi shtammi tez yuqadi va og`ir kechadi. O`zbekistonda karantin choralarini kuchaytirish talab etiladi — JSST vakili

'Koronavirusning yangi shtammi tez yuqadi va og`ir kechadi. O`zbekistonda karantin choralarini kuchaytirish talab etiladi — JSST vakili'ning rasmi

  Ayni paytda Sog`liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan AOKAda "O`zbekistonda koronavirus bilan bog`liq vaziyat, vaksinasiya jarayonlariga tayyorgarlik" mavzusida matbuot anjumani bo`lib o`tmoqda, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri.

Anjumanda JSSTning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Liann Kuppens o'z nutqida koronavirus bilan bog`liq ayni paytdagi vaziyat haqida gapirdi:

"COVID-19 ning yangi shtammi oldingilariga nisbatan tez yuquvchan bo`lib, kasallik og`ir kechishi bilan ajralib turadi. Shu bois biz Markaziy Osiyoda ushbu kasallik xuruji nazoratdan chiqib ketmasligi uchun harakat qilishimiz kerak.

O`zbekiston hukumati shu paytga qadar koronavirus bilan samarali kurashib kelmoqda. Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan natijador tadbirlar amalga oshirilyapti.

Shu bois karantin choralarini kuchaytirish talab etiladi. Eng asosiysi — niqob taqish, gigiena qoidalariga rioya qilish hamda ijtimoiy masofa saqlashdir",- deya ta`kidladi JSST vakili.

    Boshqa yangiliklar