O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo iliq bo`ladi va yog`ingarchilik kutilmaydi. Erondan iliq havo massalari kirib kelishi hisobiga ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Toshkent viloyatining Bekobod tumanida va Navoiy viloyatining ayrim tumanlarida shamolning kuchayishi 23-28 m/s gacha etishi mumkin. Havo harorati 17-22° iliqgacha ko`tariladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 17-19° iliqgacha isiydi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 6-11° iliq bo`ladi.






