Kecha, 17 mart kuni soat 18:42 da Andijon viloyati Andijon tumani Shifokor ko`chasida joylashgan tibbiyot birlashmasiga qarashli binoda yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda FVV Axborot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, yong`in sodir bo`lgan joyga Andijon tumani Favqulodda vaziyatlar bo`limining yong`in-qutqaruvchilari zudlik bilan etib borgan.Yong`indan binoning 100 kv.m maydoni, tom va shift qismi yonib zarar ko`rgan. Binoda bo`lgan 20 nafar bemor o`z vaqtida xavfsiz joyga evakuasiya qilingan. Shu sababli insonlarning halok bo`lishi va tan jarohat olishi qayd etilmagan.
Yong`in bir necha daqiqa ichida bartaraf etilgan. Yong`in-qutqaruvchilarining sa`y-harakatlari natijasida binoning 500 kv.m maydoni yong`indan saqlab qolingan.






