AsosiyJamiyat

Kanadada ishlashni istovchi o`zbekistonliklar uchun bo`sh ish o`rinlari taklif etilmoqda

'Kanadada ishlashni istovchi o`zbekistonliklar uchun bo`sh ish o`rinlari taklif etilmoqda'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi axborot xizmati xabariga ko`ra, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Kanada ish beruvchilari bilan muzokaralar o`tkazmoqda.

Ayni paytda Kanada ish beruvchilari payvandchilar, sanoat qassoblari va har qanday murakkablikdagi tom yopish ishlari amaliyotiga ega bo`lgan mutaxassislarga qiziqish bildirmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Kanada ish beruvchilariga taqdim etish uchun mazkur davlatda ishlash istagida bo`lgan fuqarolar bazasi shakllantirilmoqda.

Izoh: Ushbu ma`lumot Kanadadagi ish beruvchilarning talablariga to`g`ri keladigan nomzodlarni aniqlash va ularning bazasini shakllantirish uchun e`lon qilinmoqda.

Talablar:

I. Payvandchi: TIG (Tungsten Inert Gas) va MIG (Metal Inert/Active Gas) da ishlash malakasi bor va alyuminiy bilan payvandlash bo`yicha kamida 1 yillik tajribaga ega bo`lishi.

Qushimcha talablar:  

- ingliz tilini bilishi (eng kamida - IELTS 4 daraja);

- fotosurat (3x4) va rezyume;

- pasport nusxasi;

- rasmiy ish tajribasiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat;

- ishlash jarayoni ko`rsatilgan qisqa video ma`lumot (3 daqiqa).

II. Canoat qassoblari - faqat muzlatilgan mol yoki qo`y go`shtini maydalash (cho`chqa va parranda go`shtini maydalash, jonivorlarni so`yish ishlari emas), ish vaqti soat 7:30 dan 15:30 gacha (o`zgaruvchan grafikda), ish joyi harorati past xonada ishlashga chidamli (taxminan +8°C) va jismoniy yuklamaga qodir bo`lishi.  

Qo`shimcha talablar:  

- ingliz tilini boshlang`ich darajada bilishi va rus tilida gaplasha olishi;

- fotosurat (3x4) va rezyume;

- pasport nusxasi;

- rasmiy ish tajribasiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat (ishlab chiqarishda qassob yoki suyak tozalovchi sifatida ish staji);

- ishlash jarayoni ko`rsatilgan qisqa video ma`lumot (3 daqiqa).

III. Tom yopish ishlari: Metalocherepisa o`rnatish tajribasi bo`lishi shart.

Qo`shimcha talablar:

- ingliz tilini bilishi (eng kamida - IELTS 5 daraja);

- fotosurat (3x4) va rezyume;

- pasport nusxasi;

- rasmiy ish tajribasiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat;

- ishlash jarayoni ko`rsatilgan qisqa video ma`lumot (3 daqiqa).

Nomzodlarga qo`yiladigan talablar:

  •  Sog`lig`i to`g`risidagi tibbiy ma`lumotnomalarga ega bo`lishi;
  •  Sudlanmagan bo`lishi;

Qo`shimcha muhim ma`lumotlar:

  •  Nomzodlar tomonidan Kanada davlatida ishlashga viza hujjatlarini tayyorlash, ishga jo`natishdan oldin ekspert tayyorlov treninglarini o`tkazish, ishga jalb etish uchun ruxsatnoma (work permit) rasmiylashtirish, shuningdek, nomzod maktab va lisey/kasb-hunar kollejini tamomlaganligini tasdiqlovchi shahodatnoma/diplomlar, pasport va boshqa hujjatlarni tarjima qilish, notarial tasdiqlatish, apostil qildirish, aviachipta va sug`urta rasmiylashtirish kabi ma`muriy xarajatlarni amalga oshirishi lozim bo`ladi.  

 

Ushbu muzokaralar Agentlikning Kanada davlatidagi hamkor va ishonchli vakili «SOBIROVS LAW FIRM» yuridik kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda

Murojaat uchun: Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi

Manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani Qamarniso ko`chasi 1.

Telefon raqamlari: +998 71 202-33-55 (ichki raqam 23), 1282 (qisqa raqami), + 998 98 111 12 91 (Ro`ziev Alisher, Shamsitdinov Hamid)

E-mail: info@migration.uz, al.ruziev@migration.uz

Ro`yxatdan o`tish: https://events.sobirovs.com/kanada

    Boshqa yangiliklar