AsosiyJamiyat

Navro`z bayramida o`zbekistonliklar necha kun dam olishadi?

'Navro`z bayramida o`zbekistonliklar necha kun dam olishadi?'ning rasmi

Joriy yilgi Navro`z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat`i nazar barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishadi.

Ish haftasining davomiyligidan qat`i nazar Navro`z bayramida barcha xodimlarga quyidagi sanalar dam olish kuni hisoblanadi:

20 mart – shanba (barcha xodimlar uchun dam olish kuni);

21 mart – yakshanba (Navro`z bayrami);

22 mart – dushanba (27 mart (shanba)dagi dam olish kuni ko`chirilgan - barcha xodimlar uchun dam olish kuni).

27 mart - shanba kuni barcha xodimlar uchun, jumladan haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun ham ish kuni hisoblanadi.

 

    Boshqa yangiliklar