AsosiyJamiyat

Bu yilgi test sinovlari ham stadionlar va xiyobonlarda o`tkazilishi mumkin

'Bu yilgi test sinovlari ham stadionlar va xiyobonlarda o`tkazilishi mumkin'ning rasmi

Davlat test markazi boshqarma boshlig`i Farhod Mirzaevning aytishicha, ayni paytda Davlat test markazi tomonidan testlarni o`tkazish bo`yicha ikki xil ssenariy ustida ish olib borilmoqda;

  • Test sinovlarini an`anaviy shaklda katta sig`imli binolarda o`tkazish
  •  Pandemiya sharoitida test sinovlarini 2020 yildagi kabi ochiq maydonlarda o`tkazish.

 

Buning uchun test sinovi o`tkaziladigan joylar tanlanib, reja-chizmalari tayyorlandi. 50 460 nafar abiturient uchun mo`ljallangan 103 ta katta sig`imli yopiq bino, 60 570 nafar abiturientga mo`ljallangan 66 ta stadion va xiyobon tayyorlanyapti.

Mirzaev, shuningdek, abiturientlarga oliy ta`lim muassasalariga kirish uchun imtiyoz berish va ularni tasdiqlash vakolatiga ega bo`lgan mas`ul vazirlik va idoralar bilan imtiyozlar reestri shakllantirilayotganini  qo`shimcha qildi.

Buning uchun Davlat test markazi tomonidan maxsus platforma ishlab chiqilgan va tegishli vazirlik va idoralarga imtiyozlarni kiritish uchun kerakli ma`lumotlar taqdim etilgan.

 

    Boshqa yangiliklar