Bu haqda AOKAda o`tkazilayotgan matbuot anjumanida Davlat test markazi boshqarma boshlig`i Farhod Mirzaev ma`lum qildi.
"2021/2022 o`quv yili uchun respublika oliy ta`lim muassasalarining bakalavriati ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlarida 1,6 mln. nafar abiturient ishtirok etishi kutilmoqda.
2021 yilda abiturientlarni ro`yxatga olish Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (my.dtm.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.
Hozirda my.dtm.uz sayti takomillashtirilib, abiturientlarni onlayn ro`yxatga olish uchun tayyorlanmoqda."






