Navoiy shahridagi 2-maktabning 5-sinf o`quvchisi Anora Arzieva 11 yoshida birinchilardan bo`lib xalqaro IELTS sertifikatini qo`lga kiritdi.
Anora 2019 yildan buyon ingliz tili fani bilan muntazam shug`ullanadi. Uning shu darajaga etishi uchun ko`proq mehnati singgan birinchi ustozi Nodira Suponova bo`ladi.
Anora 2021 yilning 4 mart kuni o`tkazilgan IELTS imtihonidan Listening 5,5, Reading 5,5, Writing 6,0 hamda Speaking 6,0 ballarini to`pladi va umumiy natija sifatida 6,0 ballni qo`lga kiritdi.






