Bugun Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibi Tursunali Akbarov ishtirokida brifing o`tkazildi.
Brifingdan muhim ma`lumotlar:
2020 yilda 27 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatildi. Ya`ni, 3 nafar sudya boshqa ishga o`tgan, sudyalik qasamyodi va odob-axloq qoidalarini hamda odil sudlovni amalga oshirishda qonun talablarini qo`pol ravishda buzgan 12 nafari chetlatildi (ulardan biri jinoiy javobgarlikka tortilgan). Shuningdek, o`z xohishiga ko`ra yana 5 nafar sudya lavozimidan ozod etilgan. Yana etti nafar sudya esa koronavirus tufayli vafot etgani bois vakolati muddatidan avval tugatildi.
2021 yilning o`tgan ikki oyida Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 9 nafar sudyaga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo`llashga ruxsat berildi, bir nafar sudya vazifasidan ozod qilindi. Shu kunlarda kunlarda yana uch nafar sudyaga nisbatan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.
Sudyalar oliy kengashi 2020 yilda 835 nafar nomzodni sudyalikning navbatdagi vakolat muddatiga, muddatsiz davrga va vakolat muddati davriga qayta tayinlash masalalari ko`rib chiqdi. Shundan 126 nafar nomzod sudyalikning keyingi muddatidagi tayinlashga nomunosib deb topildi. 72 nafari zaxiraga koldirildi, 41 nafar nomzodni tavsiya etilgan lavozimga tayinlash rad etildi.
O`tgan yili ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlanish uchun ochiq tanlovda 172 nafar nomzod ishtirok etgan bo`lsa, ularning 73 nafari sudyalik lavozimiga nomunosib deb topildi, 34 nafari zaxirada qoldirilgan bo`lsa, qolganlarga ishonch bildirilgan.
Joriy yilning o`tgan ikki oyida birinchi besh yil muddatga sudyalik lavozimlari uchun taklif etilgan 30 nafar nomzodning 3 nafari nomunosib deb topilgan bo`lsa, 7 nafari zaharida qoldirildi, 20 nafariga ishonch bildirildi.
Shuningdek, o`tgan ikki oyi davomida navbatdagi vakolat muddatiga va boshka sudyalik lavozimlari bo`yicha qayta tayinlash masalasida 111 nafar nomzod ko`rib chiqildi. Shundan bir nafari nomunosib, 5 nafari zaxirada qoldirilgan bo`lsa, yana 5 nafar nomzodni tavsiya etilgan lavozimga tayinlash rad etildi.






