Ayni paytda Nurafshon shahrida davom etayotgan sessiyada Prezident Shavkat Mirziyoev viloyat mas`ullarida birdamlik yo`qligidan norozi ekanligini aytib, viloyatni ikkiga bo`lish fikri yig`ilishda o`tirganlarga yoqmasa-da, shunday qilishi mumkinligini aytib, ularni ogohlantirdi. Bu haqda “Darakchi” muxbiri xabar bermoqda.
“Hozir o`zim bilan xarita olib kelganman. Toshkent viloyatini ikkiga bo`lmoqchiman. Ixcham bo`ladi, boshqarish ham osonroq bo`ladi. Jim bo`lib qoldilaring?! Sizlarga bu gap yoqmaydi. Xafa bo`lmanglaru, sizlarda birlik yo`q. Bu bo`yicha huquq prezidentga berilgan. Men parlamentga taklif berishim mumkin. Viloyatning joylashuvi noqulay, Angrendan Bekobodga etguncha qancha vaqt ketadi. Hozircha bu fikrni o`zimda ushlab turibman. Mana hozir Hidoyatovni sizga rahbar sifatida tavsiya etyapmiz. Yana bir marta imkon berib ko`rmoqchiman. Toshkent viloyatida 150 mingta ish o`rni yaratsa bo`ladi. O`zidagi ishsizlar tugul, boshqa viloyatlardan keladiganlarni ish bilan ta`minlash mumkin. Yo hozir birlashib, viloyatni ko`tarishga birdamlik bilan harakat qilasiz, yoki boshqa qaror qabul qilamiz. Ochig`ini aytaman, viloyatni ikkiga bo`lsak, qanaqa nom berishni ham o`ylab qo`yganman. Sizga oxirgi marta imkon beraman. Ishga noloyiqligini tan olishni istamaydigan, ammo baribir ariza yozmaydigan, lavozimni yaxshi ko`radiganlar ishga kirishmasa oxirgi chorani ko`ramiz”, — dedi Prezident






