“Inter” jamoasi rahbariyati o`zining titul homiysi Pirelli kompaniyasi bilan hamkorlikni uzaytirdi.
Bu klub avtomobil shinalarini ishlab chiqaruvchi mashhur kompaniya bilan 20 yildan beri birgalikda faoliyat yuritib kelmoqda. Endilikda tomonlar yana 5 yillik bitimga imzo chekdi. Kelishuvning moliyaviy shartlari hozircha ma`lum emas.





