1

Toshkent xalqaro kinofestivali qachon o`tkazilishi ma`lum bo`ldi

Madaniyat 20.03.2021, 09:44
Toshkent xalqaro kinofestivali qachon o`tkazilishi ma`lum bo`ldi

Kecha, 19 mart kuni “O`zbekkino” Milliy agentligida  Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash, O`zbekiston kinematografiya akademiyasini tashkil etish, “Kinochilar uyi”ni barpo etish kabi masalalar muhokamasi bo`lib o`tdi, deya xabar bermoqda agentlik Axborot xizmati. 

Unda Agentlik rahbariyati, O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi boshqaruvi va Jamoatchilik kengashi a`zolari ishtirok etishdi.

Birinchi navbatda, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipak yo`li durdonasi XIII Toshkent xalqaro kinofestivalini o`tkazish to`g`risida”gi Qarori loyihasi haqida ma`lumot berildi. Unga ko`ra, festival joriy yilning sentyabr oyida  o`tkazilishi rejalashtirilmoqda.  

Mazkur qaror loyihasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017–2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi”ning “Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 noyabr kuni “O`zbekfilm” kinostudiyasiga tashrifi davomida bergan topshiriqlariga asosan ishlab chiqilgan.  

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston kinematografiya akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida"gi Qarorining loyihasi bo`yicha taqdimot bo`lib o`tdi.  

Taqdimotdan so`ng kun tartibidan o`rin olgan masalalar batafsil ko`rib chiqilib, muhokama qilindi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1