AsosiySport

Dmitriy Tarasov Putinning surati tushirilgan futbolkani ko`rsatgani uchun 300 ming evro jarima to`laydi

Moskvaning "Lokomotiv" futbol klubi yarimhimoyachisi Dmitriy Tarasov Rossiya Prezidentining surati tushirilgan futbolkani ko`rsatgani uchun 300 ming evro jarimaga tortdi.

Shuningdek futbolchi fevralda olishi mumkin bo`lgan barcha bonuslardan mahrum etildi. Klub, shuningdek, agar UEFA tomonidan klubga jrima solingudek bo`lsa, unda bu qiymat futbolchining oyligidan ushlab qolinishi mumkinligini ma`lum qildi. Bu haqda o`zining klubdagi manbalariga iqtibos keltirgan holda R-Sport nashri ma`lum qildi.

Tarasov Evropa ligasining 1/16 bosqichida Turkiyaning "Fenerbaxche" klubiga qarshi uchrashuvdan keyin Putin surati tushirilgan futbolkani namoyish qilgani uchun uzoq muddatga diskvalifikasiya olishi mumkin.

Ikki klub o`rtasidagi javob uchrashuvi 25 fevralda Moskvada bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar