AsosiyJamiyat

COVID-19 bilan bog`liq yolg`on xabarlarga aldanib qolmang!

'COVID-19 bilan bog`liq yolg`on xabarlarga aldanib qolmang!'ning rasmi

Ayni kunlarda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga oid vaziyat biroz yomonlashayotgani ortidan o`tgan yilgi karantin cheklovlari haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda takroran aylanib yuribdi. Ko`pchilik qaysi xabar joriy yilgi va qaysi biri o`tgan yilgi ekanligini farqlay olmayapti, chunki sanalar bir-biriga to`g`ri kelmoqda. Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdievning Xushnudbek.uz telagram kanalida mazkur holatlar bo`yicha rost va yolg`on xabarlar e`lon qilindi. 

Rost xabarlar:

✅ Toshkentda epidemiologik vaziyat yomonlashgan taqdirda joriy yilning 1 aprelidan boshlab ommaviy tadbirlarni vaqtincha to`xtatib turilishi mumkin;

✅ 16 mart kunidan boshlab poytaxtning Mirzo Ulug`bek, Chilonzor va Yunusobod tumanlaridagi maktablarda o`qish onlayn rejimga o`tkazildi;

✅ Karantin cheklovlariga amal qilmagan (xususan tibbiy niqobsiz bo`lgan) fuqarolarga ma`muriy jarimalar qo`llash yana boshlandi;

✅  Navro`z bayrami tadbirlari ob-havo sharoitini inobatga olgan holda ochiq joylarda, ya`ni bog`lar, xiyobonlar va o`yingohlarda o`tkaziladi;

✅ Navro`z bayramida aholi gavjumligining oldini olish maqsadida tadbirlarni kichik hajmda mahallalarda tashkil etiladi va barcha tashrif buyuruvchilar niqobda bo`lishi talab etiladi;

✅ Koronavirus bilan kunlik kasallanishlar soni 100dan oshdi;

✅ 7 mart kuni koronavirus tashxisi qo`yilgan bemor vafot etdi;

✅ Olmazor tumanidagi 117-sonli bog`chaning 2 nafar tarbiyalanuvchisi va 2 nafar tarbiyachisida koronavirus infeksiyasi aniqlanishi sabab bog`cha vaqtincha yopildi;

✅ Toshkent viloyatidagi bozor va jamoat joylarida nazorat kuchaytirildi.

Yolg`on xabarlar:

❌ 16 martdan karantin e`lon qilindi va OTM hamda maktablar to`liq onlayn o`qishga o`tdi;

❌ Zangiotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonalari «to`lib ketdi», reanimasiya bo`limlarida bemorlar og`ir ahvolda;

❌ 27 mart soat 10:00 dan e`tiboran viloyatlararo transport vositalarining harakati butunlay to`xtatiladi;

❌ 27 martdan viloyatlar tarkibidagi shahar va tumanlararo transport qatnovi harakati ham vaqtincha cheklanadi;

❌ zarur bo`lmagan hollarda fuqarolarga uyidan tashqariga chiqishi cheklanadi;

❌ faoliyatini to`xtatmagan barcha ko`ngilochar ob`ektlar, shu jumladan restoran, kafe, oshxona, choyxona, singari tadbirkorlik sub`ektlariga keskin jazo choralari ko`riladi.

Boshqa yangiliklar