O`zbekiston Markaziy banki oltin-valyuta zaxiralari to`g`risidagi ma`lumotlarni e`lon qildi.
Unga ko`ra, 2021 yil 1 mart holatida, O`zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 1,1 mlrd dollarga kamayib, 33,2 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu ko`rsatkich, 1 yanvar holati bo`yicha respublikaning rasmiy zaxira aktivlari 34,9 mlrd dollarni, 1 fevral holati bo`yicha esa 34,3 mlrd dollarni tashkil etgan.
Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg`armasi standartlari asosida yuritiladi. O`zbekiston oltin-valyuta zaxiralari tarkibining juda katta qismi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.
O`tgan bir oy davomida zaxiradagi monetar oltin hajmi 0,2 million troya unsiyasiga (6,2 tonna) oshganligiga qaramay, jahon bozorida oltin narxlari arzonlashishi sababli oltin zaxiralarining narxi 0,5 million dollarga pasaydi.
Ma`lumot uchun, 1 unsiya 31,1 grammga to`g`ri keladi.