AsosiyJamiyat

Samarqandda yuk poezdi 11-sinf o`quvchisi urib yubordi. Bola shifoxonada vafot etdi

'Samarqandda yuk poezdi 11-sinf o`quvchisi urib yubordi. Bola shifoxonada vafot etdi'ning rasmi

2021 yilning 18 mart kuni soat taxminan 07:53 da Kattaqo`rg`on-28 razezd temir yo`l bekatlari oralig`ining 3803-kilometr 7-piketida «Qushbegi» mahallasida yashagan, 35-maktabning 11-sinf o`quvchisi E.B.ni yuk poezdi urib yuborgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

Fuqaro E.B. temir yo`lda harakatlanib kelayotgan yuk poezdini o`tkazib, keyin yo`lda davom etish uchun temir yo`l yonida turgan. U orqadan kelayotgan sinfdoshlarini kutib turganida yon so`mkasi yuk poezdiga tegib, poezd uni sudrab ketgan. Natijada o`quvchi bosh qismidan jarohat olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramay, shu kuni vafot etgan.

Mazkur holat mahalla va ta`lim muassasasida jamoatchilik ishtirokida muhokama etilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyat IIB Transportda xavfsizlikni ta`minlash boshqarmasi temir yo`lda harakatlanadigan yo`lovchilar va haydovchilarni temir yo`lda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga, diqqat va e`tiborli bo`lishga chaqiradi.

Boshqa yangiliklar