1

“AQLVOY” telekanali ish boshladi

Madaniyat 22.03.2021, 16:32
“AQLVOY” telekanali ish boshladi

O`zbekistonda ilk bor Maktabgacha ta`lim vazirligi huzurida ijtimoiy-nodavlat “AQLVOY” telekanali bugun, 22 mart kuni ish faoliyatini boshladi. Bu haqda Maktabgacha ta`lim vazirligi ma`lum qildi.

Ko`pchilik, ayniqsa ota-onalarda yangi ochilayotgan mazkur “AQLVOY” telekanali bolalar uchun mo`ljallangan boshqa telekanallardan nimasi bilan farq qiladi, degan savol tug`ilishi tabiiy, albatta.

Vazirlik mutasaddisining so`zlariga ko`ra, unda maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning har tomonlama intellektual, ma`naviy, ahloqiy va jismoniy jihatdan rivojlanishi uchun tayyorlangan maxsus ko`rsatuvlar, Rossiya, AQSh, Janubiy Koreya, Xitoy va boshqa ko`plab mamlakatlar studiyalari tomonidan yaratilgan eng sara animasion serial va dasturlar namoyish etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1