AsosiyDunyo

Nur-Sultonni qor bo`roni qopladi

'Nur-Sultonni qor bo`roni qopladi'ning rasmi

Nur-Sultonda qor bo`roni boshlandi. Shaharliklar kuchli qor yog`ayotgani, yo`llar va uylar yana qor bilan qoplangani, Nur-Sultondan yo`llar yopilayotgani haqida ogohlantirish oldi deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.

Kuchli qorlar va kuchli shamollar tufayli poytaxtda ko`rish imkoniyati pasaygan. Bo`ron haqida ogohlantirish e`lon qilindi. Sinoptiklarning xabar berishicha, shamol soniyasiga 20 metr tezlikda esmoqda. Kazgidromet shahar aholisini kuchli muz haqida ogohlantirdi. Havoning harorati yana minus 7 darajaga tushdi.

Oqmola viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, soat 10.30 dan boshlab ob-havo sharoiti yomonlashgani - ko`rinishning cheklanganligi, yon tomondan shamol va kuchli qor yog`gani sababli respublika ahamiyatidagi yo`l uchastkalarida transportning barcha turlari uchun transport harakati yopilgan.

Boshqa yangiliklar