Osiyo chempionatining yarim finalidan o`rin olgan O`zbekiston va Tailand o`rtasidagi o`yin bo`lib o`tdi. Bu haqda “Championat.asia” nashri xabar bermoqda.
Uchrashuv soat 16:00da boshlandi. Birinchi bo`limda tomonlar gol ura olishmadi. Ikkinchi bo`lim boshida Dilshod Rahmatov burchakdan gol urib qo`ydi - 1:0. Keyingi daqiqada Jetsada Chudech himoyadagi xatodan so`ng gol urdi - 1:1.
O`yinning asosiy vaqtida durang qayd etildi va qo`shimcha taymlar belgilandi. Qo`shimcha taym boshida Apivat Chaemchareon gol urib tailandliklarni oldinga olib chiqdi - 1:2. 48-daqiqada Artur Yunusov gol urib hisobni tenglashtirdi - 2:2.
Qo`shimcha bo`limlarda 2:2 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida Faxriddinov, Irsaliev va Sviridov gol urishdi. Tailand safida Supxavut gol urdi. Klim Tyugaev esa raqib zarbasini qaytardi - 3:1.
O`zbekiston - finalda!





