"Chelsi" klubi hujumchisi Diego Kosta "Atletiko"ga qaytishi mumkin.
Ma`lumotlarga ko`ra, Kosta "matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeone bilan ko`p muloqotda bo`lmoqda. Madridliklar Jekson Martinesning transferidan tushgan pullar evaziga yozda Kostani jamoaga qaytarishlari mumkin.
Bundan tashqari, "Atletiko" Simeoneni ham jamoada olib qolmoqchi. Avvalroq, argentinalik murabbiy "Chelsi"ga o`tishi mumkinligi xabar qilingandi.
Manba: uff.uz





