“Manchester Siti” klubi futbolchisi “shaharliklar”bosh murabbiyi Manuel Pellegrini sha`niga iliq so`zlarni bildirdi. Murabbiy mavsum yakuniga etgach, jamoani tark etadi.
«Biz Pellegrini bilan birinchi mavsumdayoq ikki sovrinni qo`lga kiritdik. Men undan ko`p narsa o`rgandim. U menga xuddi otamdek bo`lib qolgan.
U meni jamoaga olib keldi, qo`llab-quvvatladi, kuchli futbolchilar bilan bir safda o`ynashga imkon berdi. Murabbiy katta hajmdagi ishni amalga oshirdi va uning uchun xayrlashuv chog`ida sovrinlar yutishga imkoniyatimiz bor. Umid qilamanki, buni malga oshira olamiz», — dedi Fernandino BBC's Football Focus nashriga bergan intervyusi chog`ida.
Manba: uff.uz





