“Assalom, Navro`z” kino-oyligi doirasida kuni kecha kinoijodkorlar, estrada yulduzlari ishtirokida sumalak sayli bilan birga konsert dasturi ham tashkil etildi. Bu haqda “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati xabar berdi.
Tadbirning ilk kuni bo`lib o`tgan bayram tantanalari davomida “Rangsiz tushlar” filmi rejissyori Ayub Shahobiddinov va ssenarist Umid Hamdamovlar Bangladeshda o`tkazilgan xalqaro kinofestival statuetkasi bilan taqdirlanishdi.
“O`zbekkino” MA buyurtmasiga binoan suratga olingan badiiy film festivalning "Eng yaxshi ssenariy" yo`nalishi bo`yicha g`oliblikni qo`lga kiritgan edi. Mukofotni Bangladesh Xalq Respublikasining O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Janob Jahongir A`lamning shaxsan o`zi topshirdi.