AsosiySport

O`zbekiston milliy terma jamoasi Gana ustidan g`alaba qozondi

'O`zbekiston milliy terma jamoasi Gana ustidan g`alaba qozondi'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi Namanganda Gananing ikkinchi terma jamoasiga qarshi o`yin o`tkazdi.

Uchrashuv vakillarimizning 2:1 hisobidagi g`alabasi bilan yakunlandi. Otabek Shukurov 5-daqiqada hisobni ochgandi. Ikkinchi bo`limda Abdul Fatavu hisobni tenglashtirdi. 76-daqiqada Jaloliddin Masharipov raqib himoyachilarining xatosidan foydalanib, jamoamizga g`alaba keltirgan golni kiritdi.

Gollar: Otabek Shukurov (5), Jaloliddin Masharipov (76) — Issaku Abdul Fatavu 72

O`zbekiston MTJ:1.Javohir Ilyosov, 3.IbrohimHalil Yo`ldoshev, 4.Farruh Sayfiev (15.Murod Xolmuhammedov, 82), 5.Anzur Ismoilov, 21.Azim Ahmedov, 9.Odiljon Hamrobekov (20.Islom To`xtaxo`jaev, 88), 19.Otabek Shukurov, 16.Oston O`runov (22.Javohir Sidiqov, 69), 10.Jaloliddin Masharipov (23.Hojimat Erkinov, 86), 7.Sardor Rashidov (8.Oybek Bozorov, 59), 14.Eldor Shomurodov (11.Igor Sergeev, 84).

Gana: 16.Jozef Addo, 2.Yiadom Konadou, 3.Kristofer Nettey, 6.Muhammad Al Hassan, 10.Diavusie Teylor (5.Daniel Afrie Kuae, 63), 11.Moro Salifu, 12.Michel Otou (19.Persius Boa, 82), 13.Rashid Nortey (8.Agenim Boateng, 65), 14.Samuel Abbey Kuae, 17.Kvame Peprah, 18.Issaku Abdul Fatavu.

Ogohlantirish: Samuel Abbey Kuae 56.

    Boshqa yangiliklar