AsosiySiyosat

Yaponiya O`zbekistonga 136,5 mln dollar miqdorida favqulodda kredit ajratdi

'Yaponiya O`zbekistonga 136,5 mln dollar miqdorida favqulodda kredit ajratdi'ning rasmi

Yaponiyaning O`zbekistondagi elchisi Yoshinori Fujiyama va O`zbekiston moliya vazirining o`rinbosari Odilbek Isoqov 26 mart kuni umumiy qiymati 15 mlrd ienani (136,5 mln dollar) tashkil qiluvchi almashinuv notalarini imzoladilar, deya xabar berdi «Gazeta.uz».

Ushbu mablag`, 0,01% foiz stavka va 15 yillik muddati bilan taqdim etildi. Uning 4 yili imtiyozli davr hisoblanib, O`zbekistonga COVID-19 inqirozining oqibatlari bilan kurashish uchun moliyaviy ko`mak tarzida ajratilgan.

«Koronavirus pandemiyasi tufayli iqtisodiy va ijtimoiy faoliyat, jumladan, gumanitar almashinuv va logistika global miqyosda to`xtab qolmoqda. Bu butun xalqaro hamjamiyat, shu jumladan Yaponiya ham pandemiya tugaganidan so`ng, o`zaro birgalikda salbiy ta`sirlarni engib o`tish va rivojlanishga olib borish uchun birgalikda hal qilish kerak bo`lgan muammo», — deyiladi elchixona xabarida.

    Boshqa yangiliklar